Главная » 2022 » Октябрь » 1 » PSJ “Shahzoda” Mbappening talablarini bajarmagani maʼlum bo‘ldi
18:55

PSJ “Shahzoda” Mbappening talablarini bajarmagani maʼlum bo‘ldi


Fransiyaning PSJ klubi futbolchisi Kilian Mbappe o‘tgan yozgi transfer oynasida jamoaga 4 nafar yangi hujumchi taklif qilmoqchi edi. Bu haqda "RMC Sport" xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchi Markus Reshford ("Manchester Yunayted"/Angliya), Usmon Dembele ("Barselona"/Fransiya), Robert Levandovski (“Bavariya”, “Barselona”/Polsha) va Janluka Skamakkani (“Sassuolo”/Italiya) jamoada ko‘rmoqchi bo‘lgan. Biroq ushbu futbolchilarning bittasi ham PSJga o‘tishni ixtiyor qilmadi.

Qayd etish joizki, joriy yilning may oyida Mbappe “Real”ga o‘tish taklifini rad etib, parijliklar bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan edi. Albatta, ushbu kelishuv PSJ rahbariyatiga arzonga tushgani yo‘q. Ular Mbappeni dunyoning eng ko‘p ish haqi oluvchi futbolchisiga aylantiribgina qolmay, unga bitim imzolagani uchun ham kattagina bonus taqdim etdi. Qolaversa, 23 yoshli fransuz klubning transfer siyosatiga bevosita aralashish huquqni qo‘lga kiritdi.

Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Mbappe PSJ safida barcha turnirlar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 160 million yevroga baholamoqda. Kilianning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bo‘ldi, bajarmagani, maʼlum, talablarini, Mbappening, PSJ, Shahzoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя