Главная » 2022 » Ноябрь » 22 » PSJ prezidenti jamoani 4 milliard yevroga sotmadi
12:14

PSJ prezidenti jamoani 4 milliard yevroga sotmadi


Parij klubi xoʻjayini va prezidenti Nosir Al-Xelayfi klubni sotish boʻyicha katta taklifni rad etganini, biroq uning kichik qismini sotishga tayyorligini aytdi.

“Ular 4 milliard yevrodan ortiq taklif qilishdi. Biz klubni toʻliq sotmoqchi emasmiz. Ozgina foizi haqida esa oʻylab koʻrsa boʻladi. Biz turli xil takliflarni inobatga olamiz.

Boshqa klublar va odamlar doimo PSJ haqida gapirishadi va bizda faqat pul bor va biz uni sarflaymiz deb oʻylashadi — bu toʻgʻri emas.

Agar sizning kompaniyangiz boʻlsa, siz pul kiritishingiz kerak. Bu biznes va futbolga tegishli. Biz klubni 70 million yevroga sotib oldik. Endi uning qiymati 4 milliard yevrodan oshadi.

Bizda turli xil takliflar bor. Ha, bu ajoyib biznes. Biz yaxshi loyiha qilyapmizmi? Men shunga ishonaman.

Futbolda siz qaror qabul qilasiz. Bu jarayonda notoʻgʻri qarorlar qabul qilishingiz mumkin. Biz ham oʻzimizga nisbatan halolmiz, qoʻlimizdan kelganini qilamiz.

Biz klubni oʻzimiz turgan joydan bugungi kungacha olib chiqdik. Oʻylaymanki, biz bundan gʻururlanishimiz kerak”, – deya Al-Xelayfi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: PSJ, sotmadi, Prezidenti, jamoani, milliard, yevroga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя