Главная » 2022 » Август » 24 » Prognozlar to‘g‘ri chiqmoqda: “Spark” oshirilgan narxda sotilish uchun “tuzlab” qo‘yilgan ko‘rinadi
15:20

Prognozlar to‘g‘ri chiqmoqda: “Spark” oshirilgan narxda sotilish uchun “tuzlab” qo‘yilgan ko‘rinadi


Ijtimoiy tarmoqlarda ochiq maydonlarda jamlangan minglab “Spark” avtomobillari rasmi tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ushbu holatga munosabat bildirib, “UzAuto Motors” kompaniyasini sun’iy “defisit” yaratishda ayblamoqda.

“UzAuto Motors” bu suratlar allaqachon mijozlar tomonidan shartnoma tuzilgan va keyinchalik mijozga yetkazib berish uchun Angren shahriga yetkazilgan avtomobillar demoqda.

 Shaxsan men bu gaplarga ishonmayman. Chunki 20-avgust tong saxar holatiga “Spark” avtomobili bo‘yicha kontraktasiya yo‘qligi uchun 50 foiz pulini oldindan to‘lab qo‘yganlar va avtomashina bo‘yicha navbatda turganlar bo‘lmagan.

 Aytishlaricha, monopolist “Spark” bo‘yicha kontraktasiyani to‘xtatib, sun’iy defitsit yaratib qimmat sotish uchun ishlab chiqarilgan avtomobillarni chetroq maydonlarga yig‘ishni aprel oxiri, may oylari boshida boshlagan.

Bundan kelib chiqadiki, “tuzlangan” Spark’lar konfiguratsiyasi biroz o‘zgartirilib qimmatroq narxda sotuvga qo‘yilgan”,— deb yozadi deputat o‘z Telegram kanalidagi postida.

Shuningdek, Rasul Kusherbayev “agar bosim qilishmasa Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur holatni o‘rganishga jur’at topa olsa kerak”, deya ta’kidlagan


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: ko‘rinadi, to‘g‘ri, narxda, qo‘yilgan, Spark, Prognozlar, tuzlab, sotilish, oshirilgan, chiqmoqda, uchun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz