Главная » 2021 » Июнь » 20 » Odil Ahmedovning Saudiyaga qarshi bahsda nega himoyada o‘ynagani ma’lum bo‘ldi
11:36

Odil Ahmedovning Saudiyaga qarshi bahsda nega himoyada o‘ynagani ma’lum bo‘ldi


Jahon chempionati saralash bosqichining Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston o‘yinida Milliy terma jamoa yarimhimoyachisi Odil Ahmedov nega maydon markazida emas, balki himoyada o‘ynagani ko‘plab bahs va munozaralarni keltirib chiqardi. Ahmedovning o‘zi bugun, 19 iyun kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi kongressida bunga izoh bermadi, uzr so‘radi va MTJdagi faoliyatini yakunlaganini aytdi. Masalaga O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov munosabat bildirdi.

U ham hamkasbi Ahmedov va MTJ bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan Vadim Abramov kabi so‘zini uzr so‘rashdan boshladi.

“Oldimizda turgan vazifa uchinchi bosqichga chiqish va bevosita JCh ishtirokchisiga aylanish edi. Terma jamoa uchun barcha sharoitni yaratib berdik”, deydi Haydarov.

Xo‘sh, Haydarov aytganidek O‘FA terma jamoaga barcha sharoitlarni yaratib bergan bo‘lsa, nega yana tarvuzimiz qo‘ltig‘imizdan tushgancha qoldik? Haydarov sabablarni ipga terdi:

“Vadim Abramov aytganidek, o‘yindan oldin yigitlar Odil Ahmedovning himoyada o‘ynashini iltimos qilishgandi. Albatta, ularning iltimosini murabbiyga yetkazib qo‘ygandim. Bu kabi jiddiy o‘yinlar oldidan sportchilar murabbiy bilan gaplashishlari to‘g‘ri bo‘ladi. Futbolchilar nima xohlashlaridan qat’i nazar bir ish qilishdan avval bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlari kerak va g‘alaba shuning ortidan keladi”.

Aziz Haydarov MTJning o‘yin uslubi haqida ham fikr bildirdi.

“Men oldindan aytadigan bir gap bor, hozir ham aytaman: taktik tomonlama doim kamchiligimiz bo‘lgan, bu gal ham shu narsaga duch keldik. Bizning xatomiz – faqat bitta rejamiz bo‘lgani. Agar ikki yoki uchta reja bilan borganimizda, balki natija boshqacha bo‘lardi. Bu narsadan hammamiz o‘rnak olamiz. (!) O‘ylaymanki, futbolchi va murabbiylar, futbol atrofidagi odamlar ham to‘g‘ri xulosa chiqarishadi.

Agar Abramov tanlagan tarkibi bilan kerakli natijaga erishganida, hech kim muhokama qilmasdi. Abramov terma jamoaga xalqnig fikri bilan tayinlangan. Murabbiylar kengashi bor, rahbariyat murabbiy masalasida menga murojaat qilganida, uning psixologik tomondan futbolchilarni tayyorlay olishi inobatga olingan”, deydi Haydarov.

Sobiq futbolchi O‘zbekiston MTJ safida 85 uchrashuvda ishtirok etib, bir marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: himoyada, Saudiyaga, Odil Ahmedov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя