Главная » 2022 » Июль » 25 » Oʼzgidromet jazirama qachongacha davom etishini ochiqladi
11:32

Oʼzgidromet jazirama qachongacha davom etishini ochiqladi


  Haftaning birinchi yarmida hududlarning katta qismida quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati 40-43 daraja atrofida, janubda 45 darajagacha boʼladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

  Faqat Oʼzbekistonning shimoli-gʼarbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi tarqaladi. Qoraqalpogʼistonda, Xorazm viloyatida 25-26 iyulь kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʼir yogʼadi, momaqaldiroq boʼladi. Havo harorati 32-37 darajagacha pasayadi.

  Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi Oʼzbekiston hududidan chekinadi va respublika boʼyicha harorat pasaya boshlaydi.

  Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi va koʼpchilik viloyatlarda havo harorati 33-36 darajagacha pasayadi, faqat eng chekka janubda 39-41 darajaga yetadi.

  25-27 iyulь kunlari shimolda, janubda va choʼl hududlarda, 28-29 iyulda respublika boʼyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʼzonlari bilan kuzatilishi mumkin.

  25-28 iyulь kunlari Qirgʼiziston hududidan Fargʼona viloyatining togʼoldi va togʼli hududlari boʼyicha: Soʼx, Fargʼona tumanlarida va Soʼx, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: etishini, ochiqladi, Oʼzgidromet, jazirama, davom, Qachongacha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя