Главная » 2022 » Декабрь » 3 » O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida 5-dekabr kuni qor yog‘adi
18:10

O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida 5-dekabr kuni qor yog‘adi


O‘zgidromet joriy yilning 5-8 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°sovuq, ba’zi joylarda 15-20°sovuqgacha pasayadi, kunduzi 2-7°sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°sovuq, ba’zi joylarda 15°sovuqgacha pasayadi, kunduzi 0-5°sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-6 dekabrda 7-12°sovuq, 7-8 dekabrda 5-10°sovuq, kunduzi 2°sovuq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 2-7°sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5 dekabrda kechasi 2-7°sovuq, kunduzi 0-2°iliq, ba’zi joylarda 3°sovuqgacha, 6 dekabrda kechasi 5-10°sovuq, kunduzi 3°sovuq-2°iliq, 7-8 dekabrda kechasi 3-8°sovuq, ba’zi joylarda 10°sovuqgacha, kunduzi 3°sovuq-2°iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 dekabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 6-8 dekabrda 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 dekabrda 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 6-8 dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 dekabrda 2-7°sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq 6-8 dekabrda 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 5-6 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 7-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°sovuq, kunduzi 0-5°sovuq bo‘ladi.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hududlarida, qor, Dekabr, Ko‘plab, yog‘adi, O‘zbekistonning, kuni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2023 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя