Главная » 2022 » Ноябрь » 10 » Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish jarayoni jadallashtiriladi
17:28

Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish jarayoni jadallashtiriladi


Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev ayni vaqtda Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston-Vengriya” biznes forumida soʻzga chiqib, Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish jarayoni jadallashtirilishi haqida maʼlum qildi.

“Islohotlarimizning keyingi ustuvor yoʻnalishlari bu:

- qonun ustuvorligini taʼminlash;

- sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

- korrupsiyaga qarshi samarali kurashish;

- bank-moliya tizimlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish;

- davlat ulushi mavjud boʻlgan yirik sanoat va infratuzilma korxonalarini xususiylashtirish;

- Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish jarayonini jadallashtirib, uning toʻlaqonli aʼzosiga aylanish;

Shuningdek, energetika, transport, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishni yanada kengaytiramiz” – dedi Xodjayev.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Oʻzbekistonning, Jahon, jarayoni, savdo, jadallashtiriladi, tashkilotiga, qoʻshilish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя