Главная » 2018 » Апрель » 26 » O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodi ish boshlashi mumkin
21:12

O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodi ish boshlashi mumkin


“UAZ” MChJ O‘zbekistonda o‘z avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganib chiqmoqda. Ayni damda muzokaralar boshlang‘ich bosqichda”, deydi “UAZ”ning MDH bo‘yicha savdo bo‘limi boshlig‘i Aleksey Zabolotnov.

“Rejalarimizdan biri avtomobillarimizni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘lib, bu yerda avtomobil biznesini rivojlantirish bo‘yicha yaxshi imkoniyatlar bor”, deydi Aleksey Zabolotnov.

Uning ma’lum qilishicha, ayni damda “UAZ” vakilari “O‘zavtosanoat” bilan yaqin hamkorlikda, ushbu loyihaning iqtisodiy asoslari o‘rganib chiqishmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, O‘zbekistonda “UAZ”ning Patriot, Pickup va Profi modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

“Ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, texnik xizmat ko‘rsatish borasida an’anaviy ravishda, g‘arbiy brendlarga qaraganda mijozga yaqinroqmiz”, deya qo‘shimcha qiladi Zabolotnov.

“UAZ” 2018 yil sotuv rejalari borasida O‘zbekistonda sotilgan avtomobillar sonini 1000 taga yetkazmoqchi. 2017 yilda ushbu ko‘rsatgich 400 tani tashkil qilgan, deya yozadi “Xalq so‘zi” nashri.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: avtomobil zavodi, Yangi, O‘zbekiston, ish boshlashi mumkin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя