Главная » 2017 » Август » 25 » O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tariladi
17:09

O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tariladi


Yoz fasli tugashiga sanoqli kunlar qoldi, ammo harorat kuz yaqinlashgani sari ko‘tarilib bormoqda. 26 avgust kuni ham O‘zbekistonda harorat 38 darajagacha ko‘tariladi.

Ertaga Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi, kechasi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo harorati 33-38 daraja issiq bo‘ladi. Kechasi harorat +17...+22 daraja.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysida harorat kunduzi +32...+37 daraja, kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham harorat kunduzi 37 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi 17-22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Durdona Rasulova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, harorati, havo, yana ko‘tariladi | Рейтинг: 3.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя