Главная » 2023 » Январь » 30 » O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmida yomg‘ir va kuchli shamollar bo‘lishi kutilmoqda
14:58

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmida yomg‘ir va kuchli shamollar bo‘lishi kutilmoqda


“O‘zgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 31-yanvar kuni O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida respublika bo‘yicha hafta davomida beqaror ob-havo bo‘ladi.

1-fevraldan 3-fevralgacha O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan, yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1—2-fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 1—2-fevralda kuchli bo‘ladi.
 

31-yanvar va 1—2-fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. 1—2-fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati hafta davomida me’yor atrofida bo‘ladi va kechalari 1 daraja sovuq—4 daraja iliqni, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

Toshkentda 31-yanvar kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

1—2-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari 2-5 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yarmida, O‘zbekiston, va kuchli, Shamollar, bo‘lishi, birinchi, Haftaning, kutilmoqda, yomg‘ir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя