O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3120 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 8-noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3120 so‘m 51 tiyin etib belgilandi. Bu 1-noyabrdagi kursganisbatan 18 so‘m 33 tiyinga ko‘p.

2016-yil 8-noyabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3456 so‘m 42 tiyin (1-noyabrdagi kursga nisbatan 72 so‘m 68 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 460 so‘m 65 tiyin (1-noyabrdagi kursga nisbatan 2 so‘m 38 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 49 so‘m 14 tiyin (1-noyabrdagi kursga nisbatan 18 tiyin arzon) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Manba: "daryo.uz"

Qo'shildi: 07.11.2016

Новые загрузки
 Yengilmas sarkardalar 2006 Uzbekcha Tarjima
 Uchlik 2016 Hind kino Uzbekcha Tarjima
 Tomosha 2015 Hind kino Uzbekcha Tarjima
Реклама
Похожие материалы
Коментарии
Новые музыки
Навигация
 Главная
 Обратная связь
 Полная версия сайта
Tarona.Tv © 2016-2024 |