Главная » 2022 » Ноябрь » 26 » O‘zbekiston Misrga guruch eksportini yo‘lga qo‘yishi mumkin
17:43

O‘zbekiston Misrga guruch eksportini yo‘lga qo‘yishi mumkin


O‘zbekistondan Misrga guruch eksporti yo‘lga qo‘yilishi haqida 24 noyabr kuni Misrdagi O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Misr sanoatlari uyushmasining Oziq-ovqat palatasi raisi Mahmud al-Basyumiy bilan uchrashuvda maʼlum qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘z o‘rnida Misrdan O‘zbekistonga sitrus mevalar va boshqa mahsulotlar importi ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 

Uchrashuvda Misr tomoni O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi rahbari va vakillarini, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan yirik o‘zbek kompaniyalarini 5-7 dekabr kunlari Qohirada bo‘lib o‘tadigan “Food Africa 2022” xalqaro ko‘rgazmasida qatnashishga taklif qilgan.

Maʼlumot o‘rnida, Misr sanoatlari uyushmasining Oziq-ovqat palatasi sohada faoliyat olib borayotgan 18 mingdan ortiq kompaniyalarni birlashtiradi. Ushbu tizim shakar, shirinliklar, sut va sut mahsulotlari, sharbatlar, sabzavot va mevalar, yog‘, don va ziravorlar kabi 9 bo‘limdan iborat.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: yo‘lga, Misrga, eksportini, mumkin, qo‘yishi, guruch, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя