15:37 O‘zbekiston boks terma jamoasi Stranja—2023 musobaqasida 7 ta oltin medalga ega chiqdi | |
Adhamjon Muhiddinov (-60 kg) bolgariyalik Radoslav Rosenovga yengildi (1:4); Mujibillo Tursunov (-63,5 kg) o‘zbekistonliklar to‘qnashuvida Ruslan Abdullayevni yengdi (4:1); Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) o‘zbekistonliklar to‘qnashuvida Bekzod Hamidovdan ustun keldi (5:0); Saidjamshid Ja’farov (-71 kg) turkiyalik Yerdemir Tugruxanni yutdi (5:0). Bundan oldin Hasanboy Do‘stmatov va Shodiyor Meliqo‘ziyev finaldagi g‘alaba evaziga oltin medalga ega chiqqani, Mirazizbek Mirzaxalilov va Saidaxon Rahmonova hal qiluvchi bahsda yengilgani xabar qilingandi. Avvalroq Bahodir Jalolov va Shohjahon Abdullayev raqiblari ringga chiqishdan bosh tortgani sabab oltin medalni muddatidan avval qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgandi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronzaga ega chiqdi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|