Главная » 2017 » Июль » 20 » O‘zbekiston banklari avtokredit taqdim etmayapti
17:05

O‘zbekiston banklari avtokredit taqdim etmayapti


Ma’lumki, yaqin vaqtlardan beri O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib olishning qulay imkoniyatlari paydo bo‘lgandi. Milliy valyutada, naqd va naqdsiz to‘lov, va eng muhimi – kreditga.
 

Biroq kuni kecha «Darakchi» redaksiyasiga avtokredit xizmatidan foydalan olmagan mushtariydan murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatning tagini surishtirish maqsadida tahririyatimiz mamlakatdagi barcha banklarga qo‘ng‘iroq qilib chiqdi.

Tasdiqlaymiz: darhaqiqat ayni kunda birorta ham moliya muassasi tomonidan kreditga avtomobil berilmayapti.

Shunday qilib, O‘zsanoatqurilishbank, Ipak yo‘li, Ipoteka, Hamkorbank, Turon, Turkiston, Trast va boshqa banklarda bu xizmat mavjud, ammo ularning barchalari bir vaqtda tarif va foizlarni ko‘rib chiqish maqsadida ushbu xizmatni taqdim etishni vaqtincha to‘xtatishgan.

Ushbu bank vakillarining so‘zlariga ko‘ra, avtoni kreditga olish xizmatining tez orada imkoni yana qaytadi (bir oygacha muddat ichida). TIF Milliy bank, Savdogar bank, Xalk bank, Qishloq qurilish banklarida avtokreditlar umuman berilmaydi. Mikrokreditbankning operatori bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Eng ajablanarli tomoni, hatto “Asaka banki”da ham ushbu xizmatni ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatilgan. Kredit bo‘limi mutaxassisining ma’lum qilishicha, ayni damda bankda qayta moliyalash va yangi foiz stavkalarni belgilash jarayoni kechmoqda. Tez orada xizmat yana taqdim etila boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining pul-kredit siyosati chora-tadbirlarining iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashdagi samaradorligini muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi yakuni bo‘yicha joriy yilning 28 iyun kunidan qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizgacha ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: Bank, avtokredit, taqdim etmayapti, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя