19:46 O‘zbek futbolida yana to‘polon: “Navbahor” – “Qizilqum” uchrashuvida hakamlar nohaqlik qilgan | |
Hakamlar komissiyasining bayonotida aytilishicha, uchrashuvni boshqarib borgan Abdurashid Xudoyberganov Namangan klubi darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasini belgilab, Azim Ahmedovga sariq kartochka ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan. “Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan "Navbahor" hamda “Qizilqum” uchrashuvining 85-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida ro‘y bergan holat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, "Qizilqum"ning 21-raqamli futbolchisi Orifxo‘ja Abduholiqov to‘p uchun kurashda "Navbahor" vakili Azim Ahmedovga nisbatan qo‘pollik ishlatmagan, aksincha darvoza tomon ketayotgan to‘p Azim Ahmedovning qo‘liga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketgan. Bu vaziyatda futbolchi qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, o‘z tanasini notabiiy ravishda kattalashtirib, to‘pning yo‘lini to‘sgan. Hakam bu vaziyatda Azim Ahmedovga sariq kartochka ko‘rsatib, "Navbahor" darvozasi tomon penalti belgilashi kerak edi”, deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida. Shuningdek, Ekspert-hakamlar komissiyasi uchrashuv bosh hakamiga chora ko‘rilishi uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasiga taqdimnoma kiritgani ham maʼlum qilingan. Qayd etish kerakki, ushbu bayonot o‘zbek futboli jamoatchiligi tomonidan katta hayratlanish bilan kutib oldi. Sababi, bunday qaror “Navbahor”ning ashaddiy muxlislari ichida katta rezonansga sabab bo‘lishi mumkin. Maʼlumot uchun, o‘yin 1:0 hisobida “Navbahor”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Agarda mavjud 11 metrlik jarima zarbasi berilganda, uchrashuv durrang bilan yakunlangan bo‘lardi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|