Главная » 2023 » Январь » 20 » Noma’lum shaxslar Jahon chempionatida hijobini yechgan eronlik shaxmatchini surishtirdi
21:43

Noma’lum shaxslar Jahon chempionatida hijobini yechgan eronlik shaxmatchini surishtirdi


Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi eronlik sportchi Sarasadat Xademning Olmaotadagi jahon chempionati vaqtida ta’qibga uchragani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sarasadat Xadem Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha tezkor va blits yo‘nalishlardagi Jahon chempionatida o‘ynab, Eron ayollar jamoasining kiyinish qoidalarini buzgan holda ro‘moldan voz kechgan.

“Muayyan xavflar mavjud edi. Turnir direktori sifatida hamkasblarni yig‘ib, vaziyatni ko‘rib chiqishimga to‘g‘ri keldi. Noma’lum shaxslardan qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Ular Sarasadatning yashash joyi, yo‘nalishi va boshqa ma’lumotlarni bilishga urindi”, deydi federatsiya birinchi vitse-prezidenti Darmen Sadvakasov.

Sadvakasov vaziyat keskinlashishi mumkinligi sababli shaxmatchi xavfsizligini ta’minlash iltimosi bilan Olmaota hokimligiga murojaat qilinganini aytdi. 

Shaxmatchining o‘zi  hijobni yechishga nima sabab bo‘lganini izohlamagan, ta’kidlanishicha, u Erondagi norozilik namoyishlariga qarshilik sifatida ro‘molini yechgan bo‘lishi mumkin.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Eron, shaxslar, shaxmatchini, surishtirdi, hijobini, Jahon, noma’lum, yechgan, chempionatida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя