Главная » 2022 » Ноябрь » 26 » Niderlandiya Ekvador bilan oʻyinda antirekord oʻrnatdi
12:17

Niderlandiya Ekvador bilan oʻyinda antirekord oʻrnatdi


Niderlandiya jahon chempionatida zarba berish koʻrsatkichi boʻyicha antirekord oʻrnatdi.

Murabbiy Lui van Gal shogirdlari Qatardagi jahon chempionatining 2-turida Ekvador bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi.

Niderlandiya 1966-yildan buyon statistik maʼlumotlar yigʻilgandan beri Jahon chempionatida darvozaga atigi ikkita zarba yoʻlladi va shu tariqa oʻzining antirekordini oʻrnatdi.

Oʻz navbatida, Niderlandiya terma jamoasi 17 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriya qayd etmoqda.

Van Gal 2021-yilning avgustida terma jamoa bosh murabbiyligiga qaytganidan buyon niderlandiyaliklar 12 ta gʻalaba va 5 ta durang qayd etishdi.

Endi ular 29-noyabr kuni Qatarga qarshi bahs olib borishadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bilan, antirekord, Ekvador, oʻyinda, Niderlandiya, oʻrnatdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя