19:37 Navoiyda MCHJ xodimi suv iste’moli to‘lovlarini talon-toroj qilgani aniqlandi | |
Navoiyda MCHJ xodimi suv iste’moli to‘lovlarini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha,Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan “Navoiy suv ta’minoti” MCHJning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida, MCHJning Karmana tuman bo‘limi yordamchi hisobchisi S.T. 2021-yilning yanvar-avgust oylari davomida abonentlardan suv iste’moli uchun qabul qilingan jami 109,9 mln so‘m to‘lovlarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|