Главная » 2022 » Сентябрь » 10 » Navoiyda maktab direktori o‘zini osib qo‘ydi
14:13

Navoiyda maktab direktori o‘zini osib qo‘ydi


Ijtimoiy tarmoqlar orqali kecha, 9 sentabr kuni “Navoiyda maktab direktori Xalq taʼlimi bo‘limining bosimi ostida o‘zini osib qo‘ydimi” nomli xabar tarqatildi. Viloyat prokuraturasi mazkur holatga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, Konimex tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori M.E joriy yilning 07 sentabr kuni soat 15:00 larda yashash hovlisidagi olma daraxtiga arqon yordamida o‘zini osib o‘z joniga suiqasd qilgan. Shu vaqtda akasi R.F. uni ko‘rib qolgan va M.E. tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli.

Konimex tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Navoiyda, direktori, o‘zini, osib, qo‘ydi, Maktab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя