Главная » 2022 » Август » 30 » Nasiba Аbdullaeva Ozarbayjon “Xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi
19:29

Nasiba Аbdullaeva Ozarbayjon “Xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi


Bugun, 30 avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Аliev oʼzbekistonlik Nasiba Аbdullaevaga “Xalq artisti” faxriy unvonini berish toʼgʼrisidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda Prezident saytida xabar qilingan.

“Ozarbayjon Respublikasi bilan Oʼzbekiston Respublikasi oʼrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Nasiba Melikovna Аbdullaeva “Xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlansin”, deyiladi xabarda

Maʼlumot oʼrnida, bugun Oʼzbekiston Prezidentining “Ozarbayjon Respublikasining bir guruh fuqarolarini mukofotlash toʼgʼrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unga koʼra, Mammadova Gulyanaq Zakir qiziga “Oʼzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, yana uch kishi “Doʼstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: unvoni, NASIBA, Xalq, Artisti, taqdirlandi, Аbdullaeva, bilan, Ozarbayjon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя