Главная » 2022 » Ноябрь » 14 » Namanganda kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi
19:23

Namanganda kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi


Namanganda kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Namangan viloyat filialining marojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruvo‘ tkazilgan. Ushbu tadbir davomida, “I.N.” MCHJ rahbari O.T. va jamiyatning norasmiy rahbari T.D. o‘zaro til biriktirib, ushbu bank filialidan avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish uchun ajratilgan 700 mln so‘m kreditni “Y.P.” MCHJ hisob raqamiga o‘tkazish orqali kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari hamda tijorat banki mas’ul shaxslari kredit mablag‘lari hisobidan asbob-uskuna yetkazib berilganligi bo‘yicha monitoring tadbirlarini o‘tkazish choralarini ko‘rmaganliklari natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va  205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Talon, mablag‘larini, toroj, aniqlandi, qilish, kredit, Namanganda, holati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя