18:34 Namanganda 1,1 mlrd so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqladi | |
Namangan viloyatida juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida, ”N.S.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari I.T. go‘sht mahsulotlari hamda naslli quyonlarni yetishtirishni tashkil etish uchun ajratilgan 1,1 mlrd so‘m kredit evaziga quyonchilikda go‘sht mahsulotlari hamda naslli quyonlarni yetishtirishni tashkil etmasdan kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|