Главная » 2022 » Ноябрь » 23 » MYUdan ketgan Ronaldu “Nyukasl” va “Saudiya An-Nasr” o‘rtasida tanlov qiladi
11:44

MYUdan ketgan Ronaldu “Nyukasl” va “Saudiya An-Nasr” o‘rtasida tanlov qiladi


Kecha, 22-noyabr kuni “Manchester Yunayted” bilan hamkorligini yakunlab, erkin agentga aylangan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatida qolishi yoki Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi mumkin.

Marca xabariga ko‘ra, hujumchiga “Nyukasl” va “An-Nasr” da’vogarlik qilmoqda. E’tiborlisi, har ikki jamoaning egasi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmondir.

Oldinroq Ronaldu jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu berib, unda “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Xag, jamoaning sobiq ustozi Ralf Rangnik va sobiq jamoadoshi Ueyn Runi haqida salbiy fikr bildirgan edi.

Qayd etish mumkin, Ronaldu “Manchester Yunayted” safida 346 ta o‘yinda 145 ta gol urgan.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu Qatardagi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasini himoya qilmoqda.
Fernando Santos shogirdlari “H” gururi doirasida Gana, Janubiy Koreya va Urugvay bilan kuch sinashadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: qiladi, Ronaldu, NASR, tanlov, Nyukasl, Saudiya, MYUdan, o‘rtasida, ketgan, An, VA | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя