Главная » 2021 » Июнь » 27 » Muddati o‘tgandan keyin ham yesa bo‘ladigan mahsulotlar
20:06

Muddati o‘tgandan keyin ham yesa bo‘ladigan mahsulotlar


Ispaniya iste’molchilar tashkiloti mutaxassislari muddati o‘tganidan keyin qaysi mahsulotlarni iste’mol qilish mumkinligini ma’lum qilishdi, deb yozadi La Vanguardia nashri.

Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish va yaroqlilik muddatini farqlash kerak. Agar yaroqlilik muddati tugasa, demak, mahsulot organoleptik xususiyatlarini yo‘qotgan, ammo uni sog‘liqqa zarar yetkazmagan holda iste’mol qilish mumkin. Iste’mol qilish muddati o‘tishi odatda tez buziladigan mahsulotlarga taalluqli bo‘lib, ularga rioya qilish kerak.

Ispaniyalik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qatiq, tost noni, quruq mevalar, quritilgan kolbasa va pishloq, konservalangan pomidor, makaron, guruch, dukkaklilar, chipslar, salqin ichimliklar, xamir ovqatlar, pechene, murabbo, tez tayyorlanadigan sho‘rvalar iste’mol qilish mumkin.

Agar non quriy boshlasa, undan pudinglar, tostlar, tiramisu, suxari yoki qovurilgan burda non tayyorlash lozim. Kolbasa mahsulotlari, pishloq, meva-sabzavotlarni muzlatib qo‘yish mumkin. Ammo ular quruq bo‘lib qolishi mumkin, chunki mahsulotlarning tuzilishi o‘zgaradi.

Mog‘orlangan meva-sabzavotlarning shikastlangan joyini katta qilib kesib olib tashlagach iste’mol qilish mumkin. Ehtiyot bo‘lish kerak, chunki mog‘or chuqur kiradi, toksik moddalar ajratadi. Yangi go‘shtni darhol pishirish yoki muzlatib qo‘yish yaxshidir.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Muddati, yesa, mahsulotlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя