Главная » 2022 » Ноябрь » 25 » Mirobodda bankomatlardan qaytgan mablag‘larni talon-toroj qilgan kassirlar aniqlandi
17:11

Mirobodda bankomatlardan qaytgan mablag‘larni talon-toroj qilgan kassirlar aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan “Turonbank” ATBning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu bank xizmatlari markazi kassa amaliyotlari bo‘limi kassiri J.D. va boshqa mas’ul shaxslari bank xizmatlari markaziga qarashli 10 dona bankomatdan qaytgan mablag‘larni tegishli tartibda kirim qilmasdan, soxta ma’lumotlar tuzish orqali jami 347,5 mln so‘m va 7 600 AQSH dollarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Mirobodda, bankomatlardan, qilgan, Talon, toroj, mablag‘larni, aniqlandi, kassirlar, qaytgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя