Главная » 2022 » Октябрь » 21 » Mbappe seriali davom etadi…
18:27

Mbappe seriali davom etadi…


“Real Madrid” bir shart bilan Kilian bilan shartnoma imzolaydi.

Madridning “Real” klubi hamon “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildirmoqda.

L'Équipe nashrining yozishicha, Yevropaning top-klublari fransiyalik hujumchi atrofidagi tinimsiz janjallarga qaramay, unga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotmagan. “Liverpul”, “Real Madrid” va “Manchester Siti” qiziqish bildirayotgan jamoalar qatorida.

Ta'kidlanganidek, “Real” o‘tgan yozda undan rad javobini olganiga qaramay, 23 yoshli hujumchini taklif qilish g‘oyasidan qaytgani yo‘q.

Ammo Mbappening “Real”ga o‘tishi faqat Madrid klubining shartlariga ko‘ra mumkin. Xullas, “Real Madrid” rahbariyatiga yaqin manba klub futbolchiga bosim o‘tkazayotganini aytdi. Madridliklar hujumchi “PSJda bo‘lgani kabi, o‘zini klubdan ko‘ra muhimroqdek tutmasligi kerak” – deb hisoblamoqda.

Agar Mbappe bunga rozi bo‘lsa, kelajakda u “Real” futbolchisi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Joriy mavsumda Kilian PSJ safida barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: etadi, SERIALI, Mbappe, davom | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя