Главная » 2022 » Ноябрь » 28 » Mbappe murabbiyning qaroriga qaramasdan Tunisga qarshi oʻyinda maydonga tushmoqchi
12:40

Mbappe murabbiyning qaroriga qaramasdan Tunisga qarshi oʻyinda maydonga tushmoqchi


Kilian Mbappe tanaffus uchun Fransiyaning Tunisga qarshi bahsini oʻtkazib yubormoqchi emas.

LʼÉquipe xabariga koʻra, rejalashtirilgan rotatsiyaga qaramay, 23-yoshli hujumchi dam olishdan koʻra maydonga tushishni afzal koʻradi.

Fransiya terma jamoasining Tunis bilan oʻyinida Daniya bilan oʻyinda dastlabki daqiqalardanoq harakat qilgan futbolchilardan 6 tagacha almashtirish boʻlishi kutilmoqda.

Xususan, Eduardo Kamavinga chap qanot himoyachisi sifatida oʻynay oladi. Luka Ernandes jarohatidan soʻng, Fransiyada himoyaning chap qanotida oʻynay oladigan birgina futbolchi qoldi — Teo Ernandes. Didye Desham “Milan” futbolchisi jarohat olgan taqdirda, Kamavingani shu pozitsiyada sinab koʻrmoqchi.

Eslatib oʻtish mumkin, Fransiya terma jamoasi guruh bosqichining ikki turi yakunlariga koʻra JCh-2022 1/8 finaliga yoʻllanmani kafolatlagan edi.

Maʼlumot oʻrnida, Ushbu jahon chempionatida Mbappe 2 ta oʻyinda 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qayd etish mumkin, Fransiya va Tunis oʻrtasidagi oʻyin 30-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da boʻlib oʻtadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: qaroriga, tushmoqchi, murabbiyning, oʻyinda, qaramasdan, maydonga, Tunisga, qarshi, Mbappe | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя