Главная » 2022 » Ноябрь » 23 » Mashur rus prankerlari Polsha Prezidentiga prank qilishdi
11:40

Mashur rus prankerlari Polsha Prezidentiga prank qilishdi


Rossiyalik prankerlar Polshaning Ukraina bilan chegaraga yaqin joyda raketa qulagan kechasi Makron nomidan Polsha prezidentiga qoʻngʻiroq qilgan.

Vladimir Kuznetsov va Aleksey Stolyarov ismli prankerlar Polshaning Pshevoduv qishlogʻiga raketa qulashidan soʻng, darhol Anjey Dudaga qoʻngʻiroq qilgani va oʻzini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron deb tanishtirganliklarini xabar qilishdi.

Polsha prezidenti idorasi ham bu maʼlumotni tasdiqladi.

Suhbat yetti yarim daqiqa davom etgan. Prankning nashr etilgan yozuvida, xususan, Duda juda ehtiyotkor ekanligini va sodir boʻlgan voqea uchun Rossiyani ayblamasligini maʼlum qilgan.

Polsha prezidenti idorasi suhbat chogʻida Anjey Duda qoʻngʻiroq qiluvchining gʻayrioddiy xatti-harakatidan uni aldashga urinayotgan boʻlishi mumkinligini anglagani va suhbatni yakunlaganini qayd etdi. Polsha Prezidenti devoni holat yuzasidan boshqa xizmatlar bilan hamkorlikda tekshiruv boshlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu soʻnggi yillarda ikkinchi marta rossiyalik prankerlarning Anjey Dudaga qoʻngʻiroq qilishi.
2020-yilda ular BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish nomidan Polsha prezidentiga qoʻngʻiroq qilgan. Bundan tashqari, ushbu prankerlar Emmanuel Makron, britaniyalik qoʻshiqchi Elton Jon va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson va boshqalarga ham turli qoʻngʻiroqlar bilan chiqishgan.

Hozirda Prankerlarning Rossiya Federal xavfsizlik xizmatida ishlashi gumon qilinmoqda, ammo ular buni rad etishmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Rus, prezidentiga, Mashur, Polsha, qilishdi, prank, prankerlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя