Главная » 2022 » Август » 29 » Mashhur Niagara sharsharasida O‘zbekiston bayrog‘i aks etadi
11:46

Mashhur Niagara sharsharasida O‘zbekiston bayrog‘i aks etadi


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan dunyoning eng mashhur sayyohlik joylaridan biri hisoblangan Niagara sharsharasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi.

Kanadadagi Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, mamalakat bayrog‘i aks etgan sharsharani yoritish 31-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da Toshkent vaqti bilan 1-sentyabr kuni 7:30 da 15 daqiqa davom etadi.

Elchixona maʼlumotlariga koʻra, Kanada va Amerika Qoʻshma Shtatlarining turli burchaklarida yashovchi o‘zbekistonliklar davlat bayrogʻi bilan yoritilgan Niagarani koʻrish uchun sharsharaga kelishni rejalashtirmoqda. U yerda mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan o‘zbek raqslari va qo‘shiqlari, mehmonlar tashrifi bilan tantanali qabul marosimi tashkil etiladi. Shuningdek o‘zbek palovi tayyorlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Niagara sharsharasi o‘tgan yili O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan, o‘zbekistonliklar, dunyoning turli burchaklaridan kelgan ko‘plab sayyohlar, shuningdek, mahalliy sayyohlar ishtirokida ilk bor O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan edi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Niagara, O‘zbekiston, etadi, AKS, Mashhur, bayrog‘i, sharsharasida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя