Главная » 2022 » Ноябрь » 21 » Manba: 200 dan ortiq yollanma ishchilar JCh paytida ovqat va suvsiz qoldirilgan
11:49

Manba: 200 dan ortiq yollanma ishchilar JCh paytida ovqat va suvsiz qoldirilgan


2022-yilgi Jahon chempionatiga tashrif buyuruvchilar ish sharoitidan shikoyat qilishdi.

Hindistonlik 212 kassir (205 erkak va 7 ayol) musobaqaning ochilish marosimi oldidan 6 soat davomida ovqat va suvsiz qoldi, deb xabar beradi Daily Mail.

Xodimlarga koʻra, ular turar joydan ertalab soat 9 da olib ketilgan va soat 10:00 da “Al-Bayt” stadioniga tushirilgan, biroq soat 16:00 gacha arenaga kiritilmagan. Kassirlarga menejer kelishini kutish kerakligi aytilgan, ammo suv va yegulik berilmagan.

Xuddi shunday hodisa 20 filippinlik sotuvchi bilan ham yuz bergan, ular stadion tashqarisida uch soat davomida ovqat va suvsiz qolib ketishgan.

Barcha xodimlar Qatar Star Services bilan kunlik ish uchun bir oylik shartnoma imzolagan boʻlib, Unga koʻra, ular bepul turar joy va kuniga bir mahal ovqat bilan taʼminlanishi kerak.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: paytida, qoldirilgan, Manba, VA, ortiq, ovqat, 200, ishchilar, yollanma, JCH, suvsiz, Dan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя