Главная » 2023 » Март » 4 » Maktablarda dars tonggi 5 da boshlanishga chaqirildi
16:21

Maktablarda dars tonggi 5 da boshlanishga chaqirildi


Indoneziyaning Sharqiy Nusa Tenggara (NTT) provinsiyasidagi davlat o‘rta maktablari o‘quvchilari uchun ertalab soat 5:00 da dars mashg‘ulotlariga kelish talabi qo‘yilmoqda. Bu haqda “Coconuts Bali” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gubernator Viktor Layskodat boshchiligidagi provinsiya ma’muriyati Kupang viloyati markazidagi davlat o‘rta maktablarida dars vaqtini ertalab soat 5:00 da boshlash majburiyatini olgan yangi ta’lim siyosatini amalga oshirdi. Unga ko‘ra, bu o‘quvchilarda kurashuvchanlik xarakterini shakllantiradi.

“Ular soat 22:00 da uxlab, ertalab soat 4:00 da uyg‘onishlari mumkin. Olti soat uxlash kifoya. 30 daqiqa yuvinishga, maktabga kelishi uchun esa 30 daqiqa ajratiladi. Shu tariqa o‘quvchilar ertalab soat 5 da maktabda bo‘lishlari mumkin. Buni amalga oshirishning asosiy sabablaridan biri o‘quvchilarimizni intizomli qilishdir”, deydi gubernator Viktor.

Provinsiyaning Ombudsman idorasi Viktorni siyosatni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi, chunki darslar boshlanishini ertalabki 7:15 dan ertalabki 5:00 ga o‘tkazishdan hech kim naf ko‘rmaydi.

“Men ushbu siyosat maktab qo‘mitalari va ota-onalar bilan yana muhokama qilinishini so‘rayman”, dedi Ombudsman rahbari Darius Beda Daton.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tonggi 5, Maktab, boshlanishga, DA, chaqirildi, dars | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя