Главная » 2022 » Декабрь » 3 » Makron Ilon Mask bilan uchrashdi
18:11

Makron Ilon Mask bilan uchrashdi


Fransiya prezidenti Emmanuel Makaronning xabar berishicha, juma kuni u amerikalik tadbirkor va milliarder elon Mask bilan uchrashgan, tomonlar elektr transport vositalari va batareyalar ishlab chiqarishni, shuningdek, bolalarni internetda himoya qilishni muhokama qilishgan.

“Bugun tushdan keyin men Ilon Mask bilan uchrashdim va biz aniq va halol munozara qildik. Fransiya va Yevropani karbonsizlashtirish va qayta sanoatlashtirish bo‘yicha ambitsiyalarimizga muvofiq, Ilon Mask bilan biz elektr transport vositalari va batareyalar ishlab chiqarish kabi kelajakdagi yashil sanoat loyihalari to‘g‘risida fikr almashdik”, deb yozdi Makron o‘zining Twitter sahifasida.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, Twitter kompaniyasi bilan hamkorlik “bolalarning onlayn himoyasini yaxshilash uchun” davom etadi. “Ilon Mask bugun buni tasdiqladi”, deya qo‘shimcha qilgan prezident.

Fransiya prezidenti 29-noyabrdan 2-dekabrgacha AQShga rasmiy tashrif buyurdi. Payshanba kuni u oq uyda amerikalik rahbar Jo Bayden bilan muzokaralar olib brogan.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: uchrashdi, Makron, Mask, ilon, bilan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2023 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя