Главная » 2017 » Июль » 4 » Ledi Gaga 31 yoshida turmushga chiqish istagida
17:21

Ledi Gaga 31 yoshida turmushga chiqish istagida


Ikkinchi urinish – Ledi Gaga yana kelinlik libosida. Insayderlarning xabar berishicha, hozirda xonandaning butun fikru xayoli yangi sevgilisi, 49 yoshli Kristian Karino bilan band. Ularning munosabati olti oydan buyon davom etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ledi Gaga yozgi to‘y haqida orzu qilmoqda va to‘y marosimi o‘tkazish uchun Xemptonsni ideal joy deb bilmoqda.

Hozirda to‘y o‘tkazishdagi yagona muammo – Kristian hali Ledi Gagaga turmushga chiqish taklifini bildirmadi. Ularning yaqinlari esa bu vaqt bilan bog‘liq ekanini aytishmoqda.

Ledi Gaganing muxlislari uning Teylor Kinni bilan o‘tkazilmay qolgan to‘ylarini yaxshi eslashadi. Vaholanki, juftlikning munosabatlari 5 yil davom etgan. Aktyor Ledi Gagaga unashtiruv uzugini ham sovg‘a qilgan, ammo ko‘p vaqt o‘tmay, ikkisi ajralishga qaror qilishgan edi. Ajralishga Teylor Kinnining ko‘p xiyonat qilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: 31 yosh, turmushga chiqish, Ledi Gaga, istagida | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя