Главная » 2020 » Сентябрь » 23 » Kuniga 10 ming qadam yurganlarga imtiyoz beriladi – Prezident qarori loyihasi
20:12

Kuniga 10 ming qadam yurganlarga imtiyoz beriladi – Prezident qarori loyihasi


O‘zbekistonda yurish bo‘yicha ma’lum miqdorni bosib o‘tganlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 50 foizlik chegirma berilishi nazarda tutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytilgan. Qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Yangi nafas” platformasini ishga tushirishi lozim. 

Bunda, bir kunda kamida o‘n ming, bir oy davomida uch yuz ming, bir yil davomida 3,6 mln qadam yurgan shaxsga barcha davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 50 foiz imtiyoz berilishini hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etilishini nazarda tutilmoqda. 

Qarorda Adliya vazirligi “Yangi nafas” platformasini davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlashi belgilanmoqda.

Qolaversa, mehnat jamoalari a’zolarining “Yangi nafas” platformasidan foydalanish samaradorligi natijalariga qarab vazirlik va idoralar, mahalliy davlat boshqaruv organlari rahbarlarining ishiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining xulosasiga asosan baho beriladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qarori loyihasi, Qadam, prezident, ming, imtiyoz beriladi, yurganlarga, kuniga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя