Главная » 2017 » Август » 25 » Krishtianu Ronaldu − Yevropada tengsiz futbolchi deb topildi
14:15

Krishtianu Ronaldu − Yevropada tengsiz futbolchi deb topildi


Kecha Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi yakunlangani haqida xabar bergandik.

Unda Yevropaning 2016/2017 yil mavsumidagi eng yaxshi futbolchilarining nomlari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, "Yuventus" darvozaboni Janluijji Buffon ― eng yaxshi darvozabon, "Real" a’zosi Serxio Ramos ― eng yaxshi himoyachi, Luka Modrich ― eng yaxshi yarim himoyachi, shuningdek, "qirollik klubi"ning yana bir futbolchisi ― Krishtianu Ronaldu mavsumdagi eng yaxshi hujumchisi sovriniga sazovor bo‘ldi.

E’tiborlisi shuki, YeChL da ikki karra ketma-ket g‘olib bo‘lgan “Real” klubining uch nafar a’zosi o‘tgan mavsumda futbol musobaqalaridagi ma’lum yo‘nalishning mohir sportchilari deya tan olindi.

Shuningdek, Krishtianu Ronaldu Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu Yevropaning eng yaxshi futbochisi sovrini sohibi bo‘lishida hamkasblari Lionel Messi va Janluijji Buffonlarni ortda qoldirdi.

Eng yaxshi darvozabon ― Janluiji Buffon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: futbolchi, deb, Krishtianu, Ronaldu − Yevropada, topildi, tengsiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя