16:33 Koreyalik xonanda O‘zbekistonning xit qo‘shiqlaridan birini o‘z tilida ijro etdi | |
Koreyalik xonanda “Bolalar” guruhining “Hayolim senda” qo‘shig‘ini cover tarzida muxlislariga taqdim etdi. Xonanda Song Vonsub o‘zbekcha hitni koreys tiliga tarjima qilgan, naqorat esa asl nusxadagi kabi o‘zbek tilida saqlanib qolingan. Bu g‘oya xonandaning O‘zbekistonga tashrifi va “Bolalar” guruhining kontsertiga tashrif buyurganida paydo bo‘lgan. O‘shanda ham ularning qo‘shig‘iga cover qila olishi haqida gapirgan. Ushbu qo‘shiqning yangi versiyasini Song Vonsub o‘zining yarim million obunachisi bo‘lgan YouTube kanalida taqdim etdi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|