Главная » 2020 » Сентябрь » 13 » Konor Makgregor hibsga olindi
11:13

Konor Makgregor hibsga olindi


Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Fransiyaning Korsika orolida politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Daily Mail xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, irlandiyalik yakkakurashchi barlarning birida jinsiy zo‘ravonlik va ahloqsiz harakatlar amalga oshirishda ayblanmoqda. Makgregor ustidan 10-sentabr kuni shikoyat xati kelib tushgan.

32 yoshli jangchining o‘zi bu ayblovlarni inkor etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Konor rafiqasi bilan O‘rta Yer dengizi bo‘ylab sayohat qilmoqda. U 12-sentabr kuni  Monako malikasi Sharlen bilan suv velosipedida sayohatga chiqishi rejalashtirilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Konor Makgregor, hibsga olindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя