Главная » 2022 » Октябрь » 31 » Kompyuter yoniga qoʻyilgan kaktus nurlanishdan himoya qilish rostmi?
12:02

Kompyuter yoniga qoʻyilgan kaktus nurlanishdan himoya qilish rostmi?


Necha yillardan buyon odamlar kompyuter yoniga kaktus qo‘yish borasida bahslashib kelishadi. Ba’zilar uning sehrli kuchiga ishonish kerak emas, deb hisoblashsa, ayrimlar esa bunga ko‘r-ko‘rona ishonib, ish stoli ustini mayda kaktuslarga to‘ldirib tashlagan.

Nima bo‘lgan taqdirda ham hozir bu o‘simlik kompyuterlar bilan bir sur’atda har bir uyga kirib borgan. Ayniqsa, ayollar jurnallari sirli nurlanish va uning salbiy oqibatlari xususida yoza boshlagach, internetda o‘tiradigan har bir ayol monitori yoniga kaktus qo‘yadigan bo‘ldi. Yetmaganiga turmush o‘rtog‘i va sevgan insoniga ham kaktus sovg‘a qildi.

Ignabarglilar radiatsiyani o‘ziga yutadimi?

Agar biologiya ensiklopediyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ignabarglilar suvni o‘zida saqlab turish xususiyatiga ega. Biroq radiatsiya, elektromagnit impulslari yoki zararli nurlanishni yutishi xususida umuman gap yo‘q. 
 

Hozirgi zamon kompyuterlaridan salomatlikka putur yetkazadigan zararli nurlar ajralib chiqishi ham rasman tasdiqlanmagan. To‘g‘ri, bir vaqtlar o‘zidan rentgen nurlariga yaqin nur taratadigan eski monitorlar bo‘lardi. Biroq ular allaqachon iste’moldan chiqarilgan. Suyuq kristallardan yasalgan monitorlar esa sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydi.
 
Albatta, insonlarning o‘zi va yaqinlarini radiatsiyadan asrashga intilishini tushunish mumkin. Biroq kaktuslar bu ishni uddalay olmaydi. Aks holda Chernobil shahrini kaktus bosib ketgan bo‘lardi.
Biroq kaktusning ayrim foydali xususiyatlarini ham inkor eta olmaymiz. 

Kuch-quvvatni oshiradi

Kaktuslar xuddi boshqa o‘simliklar kabi havodagi zararli moddalarni o‘ziga singdirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, u kislorod ajratib, havoni tozalaydi. Kompyuter qo‘yilgan xonaning toza kislorodga to‘yinishi va vaqtida namlanishi ish qobiliyatini oshirib, ishchilarni tetik qiladi.

Bu o‘simlik, ayniqsa, maktab o‘quvchilari, talabalar va aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarga asqatadi. Uning kuchli energetikasi ongni faollashtiradi, konsentratsiyani oshiradi, mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi. Mazkur o‘simlik fikrlaringizni tartibga soladi va siz qiyin yumushlarni ham bir zumda bajarasiz. Bundan tashqari, u bosh og‘rig‘ini bartaraf etish xususiyatiga ham ega.
 

Estetik xususiyati

Kaktusni kompyuter yoniga go‘zallik uchun ham qo‘yish mumkin. Hatto kompyuter to‘lqini ostida u yanayam gurkirab o‘sadi, degan taxminlar ham mavjud. Bundan tashqari, kaktuslar beor o‘simlik hisoblanadi, ularga ortiqcha e’tibor kerak emas. Doim bir xilda turadi, biror yerga ketsangiz ham tezda so‘lib qolmaydi. Kaktuslarning ayrimlari juda chiroyli gullaydi.

Ko‘z nurini himoya qiladi

Olimlar kaktusning ko‘rish qobiliyati susayishining oldini olishiga shubha bilan qaraydilar. Ular havoni qanchalik tozalamasin, monitorga tikilaverish ko‘rish qobiliyatini susaytiradi. Agar ko‘zni vaqtida dam oldirmasangiz va xona yetarlicha yoritilmagan bo‘lsa, bu holat yanayam kuchayaveradi.
Kaktusning ko‘zga foydasini quyidagicha izohlash mumkin: xodim gohida unga tikilib, biroz chalg‘iydi, ko‘zlari ham dam oladi. Bu o‘simlikni shu nuqtai nazardan ham tinchlantirish qobiliyatiga ega, deb hisoblash mumkin. Monitor hamda o‘simlik o‘rtasida borib kelgan ko‘zlarda qon aylanishi yaxshilanadi, ko‘z mushaklari mustahkamlanadi, charchog‘i ketadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: qilish, yoniga, qoʻyilgan, nurlanishdan, kompyuter, himoya, igo 8, Rostmi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя