Главная » 2022 » Август » 11 » Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyaga tahdid qildi
13:15

Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyaga tahdid qildi


Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Kim YO Chjon Pxenyan Janubiy Koreya hukumati agar koronavirusning Shimoliy Koreyaga kirib kelishini qo‘zg‘atsa, qo‘shnilarini yo‘q qilishini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Agar dushman virusning respublikamizga kirib kelishini qo‘zg‘atuvchi xavfli harakatlarni davom ettirsa, biz bunga nafaqat virusni yo‘q qilish, balki Janubiy Koreya rasmiylarini ham yo‘q qilish bilan javob beramiz”, degan Kim YO Chjon.

Qayd etish kerakki, kecha, 10 avgust kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini “tantanali ravishda eʼlon qildi”.

May oyida u KXDRda koronavirus tufayli “to‘satdan” favqulodda vaziyat yuzaga kelganini aytib, hukumatga kasallik tarqalishini to‘xtatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishni buyurgandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Chen, qildi, Janubiy, Kim, singlisi, Inning, Koreyaga, tahdid | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя