Главная » 2022 » Ноябрь » 17 » Kibersport bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi
11:29

Kibersport bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi


Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2023-yildan an’anaviy tarzda kibersport turlari bo‘yicha:

-har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati;
-har yili dekabr oyida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri;
-har yili iyun oyida “Yoshlar kubogi” turniri o‘tkaziladi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 o‘quv yilidan “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil etib belgilanadi.

“Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan kibersportchilar 2023-2024-o‘quv yilidan mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdan ozod qilinib, ularga maksimal ball beriladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ta’lim, bakalavriat, Kibersport, yo‘nalishi, bo‘yicha, ochiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя