Главная » 2021 » Ноябрь » 10 » “Kalmar o‘yini” rejissori Xvan Don-Xyok serialning davomini suratga olishga va’da berdi
22:31

“Kalmar o‘yini” rejissori Xvan Don-Xyok serialning davomini suratga olishga va’da berdi


“Kalmar o‘yini” rejissori va ssenariy muallifi Xvan Don-Xyok, serialning davomini olish niyati borligini ma’lum qildi. Rejissorning intervyusi Associated Press nashrining Twitter sahifasida e’lon qilingan, deb yozadi “Kino.mail.ru”.“Bosim, talab va sevgining shunchalik ko‘p bo‘lganidan, bizga tanlov qoldirmasligingizni his qilyapman”, — degan rejissor. Shuningdek, u ayni vaqtda ikkinchi mavsumni rejalashtirish bilan band ekanini ta’kidlagan. Shunga qaramay, serialning yangi qismlarining chiqish vaqti haqida gapirishga hali erta. Negaki, Netflix platformasi ikkinchi mavsumni hali rasman tasdiqlamagan. CNBC’ning ma’lum qilishicha, servis vakillari voqealarning ehtimoliy rivojlanishini muhokama qilgan, ammo hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning sentabrida Netflix orqali taqdim qilingan serialini 17 kun ichida 111 million obunachi tomosha qilgan. Shuningdek, “Kalmar o‘yini”, “Brijerton”serialini ortda qoldirib, Netflix tarixidagi eng mashhur loyiha bo‘lgan. Avvalroq “Kalmar o‘yini” yulduzi Li Jon-je serialdan keyin yangi loyihalarga taklif bo‘lmagani haqida ma’lum qilgandi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: berdi, olishga, Xvan Don-Xyok, suratga, Kalmar o‘yini, va’da, davomini, Rejissor, serialning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя