Главная » 2022 » Октябрь » 20 » Joriy yilda qalampir eksporti hajmi 8,3 ming tonnaga yetdi
12:11

Joriy yilda qalampir eksporti hajmi 8,3 ming tonnaga yetdi


O‘zbekiston joriy yilning 9 oyida 8,3 ming tonna qalampir eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 20 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan mahsulot eksport qilgan.

Ta’kidlash mumkin, qalampir eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 9 oyida O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 5,5 ming tonna;
Qirg‘iz R. – 990 tonna;
Rossiya – 685 tonna;
AQSH – 219,4 tonna;
Germaniya – 203,3 tonna.

Xorijga eng ko‘p qalampir eksport qilgan hududlar:

Surxondaryo viloyati – 2,2 ming tonna;
Farg‘ona viloyati – 1,4 ming tonna;
Jizzax viloyati – 787 tonna.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qalampir, ming, Joriy, hajmi, tonnaga, yetdi, yilda, eksporti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя