Главная » 2022 » Ноябрь » 3 » Jinoyatchi barmoq izlari orqali qo‘lga olindi
18:39

Jinoyatchi barmoq izlari orqali qo‘lga olindi


Namanganda avtomobilda qolgan barmoq izlar orqali jinoyatchi topilib, qo‘lga olingan. Bu haqdaNamangan viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ichki ishlar organlariga murojaat qilgan ayol 2022-yil 29-oktyabr kuni, soat 12:00 larda nomaʼlum shaxs, Namangan shahridagi bozor oldida “Gentra” rusumli avtomashinasining chap eshigi qulfini buzish yoʻli orqali ochib, yukxonasida boʻlgan narxi 750.000 soʻmlik ayollar kurtkasi va 1500 rubl pullarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Namangan shahar IIO FMB EKB katta eksperti tomonidan avtomashinani koʻzdan kechirish davomida 3 dona qoʻl barmoq izlari olingan boʻlib, ushbu izlardan ikki dona qoʻl barmoq izlari, Namangan shahar Taxtakoʻprik MFY Uychi koʻchasida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan shaxsning chap qoʻli koʻrsatgich va oʻrta barmoqlariga mos kelganligi aniqlangan.

Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, daliliy ashyo (ayollar kurtkasi) olingan.

Ushbu holat boʻyicha shahar IIO FMB TB tomonidan 2022-yil 31-oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qo‘lga, jinoyatchi, olindi, orqali, izlari, barmoq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя