Главная » 2023 » Июнь » 23 » “Itdan tarqaganmisan, pul qani?” Bandixon prokuroriga tegishliligi aytilayotgan audio tarqaldi
17:28

“Itdan tarqaganmisan, pul qani?” Bandixon prokuroriga tegishliligi aytilayotgan audio tarqaldi


Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Bandixon tumani prokurori Soatmurod Maxmanovga tegishli deb aytilayotgan hududdagi mahalla raislarini turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan audio tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi.

Tarqalgan audioda, prokuror tumandagi mahalla raislarini yig‘ib, soliq tushumlari bo‘yicha hisobot so‘ragan.

“Erkakmisan sen ham? Xotinchalish, itdan tarqalgan ekansanda, bo‘lmasa odamning ishini qillaringda. Bor, borib itga o‘xshab vovulla ko‘chada. O‘lsang, bugun ko‘mar edik”, deydi prokuror soliq tushumlarini yig‘olmagan raisga qarata.

Shuningdek, prokuror yana bir boshqa mahalla raisiga “Itdan tarqaganmisan, odamdan tarqaganmisan, itvachcha”, deya haqorat qilgan.
Audiodan haqoratlangan raislardan biri ayol kishi ekanligini bilish mumkin.

“Bandixon qani? Qani og‘ayni, pul? 3 million? Enangnikiga tiqib qo‘y u 3 millionni. Kecha gapirgan gaping qani? Bor joyiga qo‘yib kel, maraz, itdan tarqagan! Obod turmush qani? Ha, opa, 500 ming so‘m tushgan. Qani? Boring, arizangizni yozingda yo‘qoling, ... bormi sizga bu yerda ishlab, davlatni, jamiyatni harom qilib”, deya haqoratlashda davom etgan tuman prokurori Maxmanov.

Prokuror yana bir mahalla raisini “Enangnikiga bir boshingni tiqib ol, tuzaladi, o‘sha yerdan chiqqansanku”, deya haqorat qilgan. Bunga javoban mahalla raisi qo‘pollashmaslikni aytgan.

Mazkur holatga Bosh prokuratura munosabat bildirar ekan, hozirda Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, haqorat qilganlik – shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Jumladan, Jinoyat kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori (330 ming so‘m)ning 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aytilayotgan, Audio, prokuroriga, tegishliligi, Bandixon, tarqaldi, Itdan tarqaganmisan, pul qani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя