Главная » 2020 » Апрель » 14 » Isroil koronavirus pandemiyasida xavfsizlik darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi
23:14

Isroil koronavirus pandemiyasida xavfsizlik darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi


Isroil Deep Knowlegde Group (DKG) konsorsiumi saytida e'lon qilingan koronavirus pandemiyasi sharoitida xavfsizlik darajasi bo‘yicha reytingda birinchi o‘rinni egalladi.
Natijalarga ko‘ra, kuchli o‘nlikka Avstraliya, Xitoy, Tayvan, Gonkong, Yangi Zelandiya, Singapur va Yaponiya ham kirgan. O‘zbekiston 40 ta mamlakat kirgan ro‘yxatdan o‘rin olmagan.
Natijalarga ko‘ra, kuchli o‘nlikka Avstraliya, Xitoy, Tayvan, Gonkong, Yangi Zelandiya, Singapur va Yaponiya ham kirgan. O‘zbekiston 40 ta mamlakat kirgan ro‘yxatdan o‘rin olmagan.

Reytingni tuzishda tahlilchilar kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha qachon cheklov choralari qo‘llanilgani va qanday hajmdagi ishlar amalga oshirilganiga e’tibor qaratgan. Shuningdek, karantinning davomiyligi bo‘yicha ma’lumotlar, uning fuqarolar tomonidan buzilishi, davlat tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash choralari ham hisobga olingan. Tadqiqot mualliflari reytingga kirgan mamlakatlarda koronavirusga test olishning keng qamrovli yoki aksincha past darajada ekaniga, shu bilan birga sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslarga hamda hukumatlar amalga oshirayotgan boshqa chora-tadbirlarni e’tiborga olgan.

DKG rasmiy saytida yozilishicha reytingni tuzishda asosan ochiq axborot manbalaridagi ma’lumotlardan, jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Jons Hopkins universiteti tomonidan berilayotgan axborotlardan foydalanilgan.

Tahlilchilar ma’lumotlarning doimiy ravishda yangilanayotganini va kelajakda ushbu reytingdagi o‘rinlar o‘zgarishi mumkinligini inkor etmagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 koronavirusining tarqalishini pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qilgan. 14-aprel holati bo‘yicha JSST bergan ma’lumotlarga asosan butun dunyoda 1,9 million nafardan ortiq odamda koronavirus yuqtirib olish holati kuzatilgan, kasallikdan vafot etganlar soni 113 ming nafardan oshgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Mamlakatlar, xavfsizlik, Isroil, reytingida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя