Главная » 2022 » Ноябрь » 5 » Ispaniyadan olib kelingan tok ko‘chatlarida virus aniqlandi
11:45

Ispaniyadan olib kelingan tok ko‘chatlarida virus aniqlandi


Joriy yilning oktyabr oyi yakunida Ispaniyadan ilmiy maqsadlarda 34 xil navdagi tok ko‘chatlari olib kelingan. Olib kelingan mahsulot xalqaro talablarga asosan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijada olib kelingan ushbu 34 xil navdan 16 tasida 4 xil turdagi virus aniqlangan.

Bular Arabis mozaika virusi, Tokning qisqa bandli virus kasalligi, Tok barglarining bujmayish kasalligi 2-tur virusi, Tok barglarining bujmayish kasalligi 3-tur virusi hisoblanadi.

Arabis mozaika virusi (Arabis mosaic virus ArMV) – ko‘p turdagi mevali va manzarali daraxtlarning kushandasi bo‘lib, o‘simliklar barglarida dog‘lar hosil qiladi. Zararlangan o‘simlik so‘lib qoladi va 50% gacha hosil yo‘qotishi mumkin. Virus Yevropa hududida keng tarqalgan.

Tokning qisqa bandli virus kasalligi (Grapevine fanleaf virus GFLV) – alomatlari Arabis mozaika virusiga o‘xshash bo‘lib, kasallangan tok barglari bujmayib qoladi va rivojlanishda ortda qoladi. Tokning eng xavfli kasalligi hisoblangan virusni erta bahorda aniqlash mumkin. Bunda 80 foizgacha hosil nobud bo‘lib, o‘simlik kasalliklar va atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga chidamsiz bo‘lib qoladi.

Tok barglarining bujmayish kasalligi 2-tur virusi (Grapevine leafroll-associated viruses GLRaV-2) – eng xavfli kasalliklardan biri bo‘lib, tijorat maqsadida novdalarni ko‘paytirish natijasida keng tarqalgan. Kasallangan qizil navli uzum mevalari anomal qizg‘ish tusga kiradi. Bu virus shiralar orqali yuqib, kurtak hamda niholda saqlanib qoladi. Kechki kuz davrida kasallikka chalingan o‘simlik barglari qizg‘ish-binafsha rangga kirib, tomirlar och yashil rangda bo‘ladi. Ushbu virus yaxshi sug‘oriladigan issiq sharoitda tez ko‘payadi.

Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya uzumzorlar maydoni bo‘yicha 1-o‘rinni, uzum yetishtirish bo‘yicha esa dunyoda 3-o‘rinni egallaydi.

Ispaniyadan keltirilgan navlari ham mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga mos serhosil, kasalliklarga chidamli navlarni respublikada ko‘paytirish, ko‘chatchilikni rivojlantirish, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida olib kelingan edi. Biroq namunalarda aniqlangan barcha viruslar O‘zbekiston hududida karantin obekti hisoblanib, tegishli tartibga asosan yoqish yo‘li bilan yo‘q qilingan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: aniqlandi, Tok, ko‘chatlarida, olib, Ispaniyadan, virus, kelingan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя