Главная » 2017 » Август » 2 » “Islom davlati” terrorchilik guruhi Italiya mafiyasi bilan hamkorlik qilmoqda
11:09

“Islom davlati” terrorchilik guruhi Italiya mafiyasi bilan hamkorlik qilmoqda


Italiya mafiyasi “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan hamkorlik qilmoqda, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Italiya mafiyasi Yevropaga kontrabanda neftini yetkazish uchun “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan hamkorlik qilmoqda. Huquq-tartibot idorasi xodimlari surushtiruvlar natijasida Venesiya va Apuliyadagi neftni qayta ishlovchi ba’zi bir zavodlarda xom ashyo miqdori me’yordan yuqori darajada ekanligini aniqladi.

Italiya polisiyasining taxminiga ko‘ra, zavodga neft terrorchilar nazoratida bo‘lgan Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Suriya va Liviyadan ketirilmoqda. Mafiya terrorchilarga xom ashyoni neftni qayta ishlovchi zavodlarga jo‘natishda yordam bergan.

Polisiyaning ma’lumot berishicha, neft kontrabandasi aybdorlari hozircha topilmagan, chunki xom ashyo zavodlarga vositachilar orqali yetkazib berilgan. Bu esa neftning qaerdan keltirilayotganini aniqlash imkoniyatini qiyinlashtiradi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Italiya, bilan, mafiya, terrorchilik guruhi, Islom davlati, hamkorlik qilmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя