Главная » 2020 » Декабрь » 7 » Ishga joylashishning «narxi» qancha? Qo‘riqlash xizmatidan ish va’da qilgan firibgar ushlandi
22:56

Ishga joylashishning «narxi» qancha? Qo‘riqlash xizmatidan ish va’da qilgan firibgar ushlandi


Ishga joylashtirishda yordam berishini va’da qilib katta miqdorda pul olib ketgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Ichki ishlar organlari 26 yoshli Shuxratjon M. murojaat qilib, joriy yil 17 avgust kuni uni MChJlardan birining qo‘riqlash xizmatiga ishga joylashtirishini va’da qilgan 40 yoshli Sherzod Sh.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi. Sherzod o‘z «xizmati» uchun Shuxratdan 2.000 AQSh dollari olgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Firibgar, Qo‘riqlash, ushlandi, Ish, xizmatidan, va’da qilgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя