Главная » 2022 » Декабрь » 10 » Instagram’ga yangi funksiya qo‘shildi
18:40

Instagram’ga yangi funksiya qo‘shildi


Instagram’ga yangi funksiya qo‘shildi

Instagram’da postlarni boshqa foydalanuvchilarga tavsiya etish yoki etmaslik to‘g‘risida yangi funksiya ishlab chiqildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ilgari Instagram foydalanuvchilarining postlari ba’zi qonun-qoidalarning buzilgani sababli boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinmay qolar edi. “Shadow banning” (“soyani taqiqlash”) deb ataluvchi bu holat esa foydalanuvchilarning o‘ziga ma’lum qilinmasdi. Ya’ni mobodo siz yuklagan foto yoki video qandaydir sabablarga ko‘ra taqiqlab qo‘yilsa, bu haqda o‘zingiz bexabar qolar edingiz. 

Yangi qoidaga ko‘ra esa, agar foydalanuvchi biror nojo‘ya kontent tarqatmoqchi bo‘lsa, uning postlari bloklanadi va bu haqda unga xabar beriladi. Shundan so‘ng, foydalanuvchi postini o‘chirib tashlashi, tahrir qilishi yoki anglashilmovchilik bo‘lgan bo‘lsa Instagram’ga apellyatsiya yuborishi mumkin bo‘ladi. 

Instagram rahbari Adam Mosseri bu qaror “shaffoflik”ni ta’minlashini aytgan.


Manba: "Qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yangi, qo‘shildi, funksiya, Instagram’ga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя