16:37 Ilon Mask Twitter direktorlar kengashini tarqatib yubordi | |
“Bitim tugagandan so‘ng birlashish shartnomasiga muvofiq, direktor bo‘lgan shaxsalar o‘z ishlarini yakunlaydilar”, deyiladi hujjatlarda. Avvalroq, mahalliy nashrlar Maskning Twitter'ni sotib olganidan so‘ng, xodimlarni sezilarli darajada qisqartirish niyatida ekanligini xabar qilgandi. Keyinchalik, milliarderning o‘zi Twitter xodimlari bilan chrashuvda, bu xabarlarni rad etdi. Endilikda Mask kompaniyaning yagona rahbariga aylanadi. Ma’lumot uchun, Ilon Mask 27-oktyabr kuni Twitter’ni 44 milliard AQSh dollariga sotib olgan edi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|